Koʻrik-tanlov jarayonlari davom etmoqda
Yangiliklar

Koʻrik-tanlov jarayonlari davom etmoqda

1 daqiqa oʻqish 163 marta koʻrilgan

⏰Ayni daqiqalarda Milliy markazda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yosh tadqiqotchilari va doktorantlari oʻrtasida “Agroinnovatsiya va yoshlar” koʻrik-tanlovi jarayonlari qizgʻin davom etmoqda.

✅Tanlov davomida ishtirokchilar oʻzlarining ilmiy izlanishlari, istiqbolli loyihalari va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion takliflarini oʻz taqdimotlarida namoyish etishmoqda. Yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlari orqali agrar sohada zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, mavjud muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish hamda ilmiy natijalarning amaliy ahamiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.

Manba: Telegram kanali · Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi