Komplayensga attestatsiya keldi!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini taʼminlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–147-son qarori asosida joriy yilning sentabr oyidan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbar va xodimlari bosqichma-bosqich attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Attestatsiya jarayonlari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlar bilan Agentlik rasmiy saytida tanishish mumkin.
Manba: Telegram kanali · GENERALISSIMUS