Malakali kadrlar — taraqqiyot tayanchi
Yangiliklar

Malakali kadrlar — taraqqiyot tayanchi

2 daqiqa oʻqish 426 marta koʻrilgan

⚡️Soʻnggi yillarda Oʻzbekistanda agrar tarmoqni innovatsiya, raqamli texnologiyalar va ilm-fan yutuqlari bilan uygʻun holda rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash, yosh tadqiqotchi olimlarni qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va amaliyotga joriy etishga katta eʼtibor qaratilib, dunyoning rivojlangan davlatlaridagi nufuzli universitetlar, ilmiy markazlar va tadqiqot institutlarida malaka oshirish hamda qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha xalqaro aloqalar va hamkorlik munosabatlari yoʻlga qoʻyilgan. Bu kabi hamkorliklar kadrlar salohiyatini oshirish, ilmiy tajriba almashish va zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🗣Xususan, Malayziya davlati bilan ham taʼlim va ilmiy tadqiqot sohalarida samarali hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, malakali mutaxassislarni tayyorlash, stajirovkalar tashkil etish, akademik almashinuv dasturlari va qisqa muddatli oʻquv kurslarini amalga oshirish yoʻnalishlarida qator ishlar olib borilmoqda.

🗣Shu kunlarda qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimining turli sohalaridan 30 dan ortiq malakali mutaxassislar Malayziyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI)da tashkil etilgan “Young Scientists Uzbekistan @ UPSI” xalqaro malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot dasturida ishtirok etib oʻz bilimlarini yanada mustahkamlamoqda.

💬Malaka oshirish jarayonlari Malayziyaning Kuala-Lumpur, Perak, Penang, Langkavi va boshqa hududlarida olib borildi. Dastur doirasida ishtirokchilar “Green & Smart Cities”, ekologiya, sunʼiy intellekt (AI), IoT texnologiyalari, raqamli taʼlim, innovatsion tadqiqot metodologiyasi, xalqaro ilmiy maqolalar tayyorlash hamda Scopus bazasidagi jurnallar uchun ilmiy ishlar yozish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlarda qatnashdilar.
💬
Dastur doirasidagi atrof-muhit muhofazasi, iqlim oʻzgarishi va yerlar degradatsiyasi masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, tuproqlar shoʻrlanishi jarayonlari ekologik muammolarning muhim omillaridan biri sifatida muhokama qilinmoqda.

❗️Yosh tadqiqotchi olimlarning xalqaro malaka oshirish dasturlarida muntazam ishtirok etishi kelgusida: milliy agrar ilm-fanni rivojlantirish, innovatsion tadqiqotlarni koʻpaytirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, eksport salohiyatini oshirishga mustahkam zamin yaratadi.

Manba: Telegram kanali