#Mustaqillik35🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
EʼTIROF — MEHNATIMIZDA!
🔵Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
🔵Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyoti, jumladan, taʼlim, ilm-fan va qishloq xoʻjaligi sohalarining rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimizning samarali mehnati yuksak eʼtirof etildi.
🟢Quvonarlisi, institutimizning bir guruh rahbar va xodimlari ham ana shunday yuksak eʼtirofga sazovor boʻldilar.
➡️Jumladan:
🏅 Shuhrat Bobomurodov — institut direktori;
🏅 Nodirjon Abdurahmonov — direktor oʻrinbosari;
🏅 Xurshida Nuriddinova — Tuproq informatikasi boʻlimi va tahlil qilish markazi boʻlim mudiri;
🏅 Yashin Suyurov — “Tuproq tahlil markazi” davlat muassasasi bosh muhandisi.
🤝Bu eʼtirof — nafaqat mehnatga berilgan baho, balki sohamiz rivojiga qoʻshilayotgan munosib hissaning yuksak qadrlanishidir.
➡️Bunday yuksak ragʻbat jamoamizni yanada faol ishlashga, yangi tashabbuslarni ilgari surishga va yurtimiz qishloq xoʻjaligi, ilm-fani hamda yer resurslaridan samarali foydalanish yoʻlida yanada katta natijalarga erishishga undaydi.
👏Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etadi!
🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
Manba: Telegram kanali








