Oʻzbekiston – Niderlandiya qishloq xoʻjaligi simpoziumi oʻtkaziladi
Yangiliklar

Oʻzbekiston – Niderlandiya qishloq xoʻjaligi simpoziumi oʻtkaziladi

1 daqiqa oʻqish 140 marta koʻrilgan

🇺🇿🇳🇱Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Niderlandiya Qirolligining Elchixonasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida Niderlandiya delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida muhim xalqaro tadbir tashkil etilmoqda.

📌Mazkur simpozium va B2B uchrashuvlar qishloq xoʻjaligining ustuvor yoʻnalishlari — issiqxona xoʻjaligi, agrotexnologiyalar, suv tejovchi yechimlar hamda innovatsion ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan.

🤝 Tadbir doirasida Niderlandiyaning yetakchi kompaniyalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatish, tajriba almashish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyati yaratiladi.

📅 Sana: 13-aprel 2026-yil
🕒 Vaqt: 14:00 – 18:00

📍 Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti, asosiy konferensiya zali

🔗 Ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

📌 Sizni ushbu nufuzli tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI