🌱Koʻp yillar davomida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi "Oʻzdavyerloyiha" instituti respublikada yer resurslaridan oqilona foydalanish, ilmiy asoslangan loyihalash hamda zamonaviy yer tuzish usullarini joriy etishda muhim oʻrin egallab kelmoqda.
ℹ️Institut faoliyati qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, geobotanik tadqiqotlar olib borish va tabiiy resurslarni kompleks boshqarish tizimini takomillashtirish bilan uzviy bogʻliq.
📌Shu bois, "Oʻzdavyerloyiha" tarixi nafaqat alohida muassasa taraqqiyoti, balki mamlakatimiz yer fondidan samarali foydalanish tizimining shakllanishi va rivojlanishini ham aks ettiradi.
🏢Faoliyati davomida institut yuzlab yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, ularning bilim va tajribasi orqali yer fondining barqaror rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda. Bugungi kunda ham ushbu ilmiy-amaliy maktab anʼanalari izchil davom ettirilmoqda.
💻Hozirgi bosqichda institut zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etgan holda yer tuzish tizimini takomillashtirish, raqamlashtirish hamda samaradorlikni oshirish yoʻnalishlarida faoliyat yuritmoqda.
✅Bu esa kelgusida yer resurslarini boshqarishning zamonaviy, ilgʻor modelini shakllantirish, raqamli yondashuvlarni joriy etish hamda resurslardan samarali va barqaror foydalanishni taʼminlashga xizmat qiladi.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI