Qashqadaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlari oʻtkazildi. Seminarda mutaxassislar tomonidan agrokimyoviy kartogrammalar tuzish, undan foydalangan holda hosildorlikni oshirib, xarajatlarni kamaytirish, ushbu agrokimyoviy kartogrammalar asosida oʻgʻitlash meʼyorlarini belgilash, tuproq klinikasi yordamida tayyorlangan agrokimyoviy xaritalar asosida mineral oʻgʻitlar samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy amaliy tavsiyalar berildi.
Manba: Telegram kanali · Ҳикматулла