Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi oldida qanday maqsadlar turibdi?
Yangiliklar

Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi oldida qanday maqsadlar turibdi?

1 daqiqa oʻqish 202 marta koʻrilgan

Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi oldida qanday maqsadlar turibdi?

🌱Qishloq xoʻjaligi sohasini ilmiy-innovatsion rivojlantirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida 2030-yilgacha quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
🔹 Qishloq xoʻjaligiga oid patentlangan yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar sonini 3 baravarga oshirish.
🔹 Xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan maqolalar sonini 2 baravarga koʻpaytirish.
🔹 Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi tanlovlarga taqdim etiladigan loyihalar sonini 2 baravarga oshirish.
🔹 Agromaslahatlar va ilgʻor xorijiy agrotexnologiyalar transferi xizmatlaridan foydalanuvchi subyektlar qamrovini 4 baravarga kengaytirish.
🔹 Xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar sonini 3 baravarga oshirish.

📌 Mazkur ustuvor vazifalar agrar ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish hamda qishloq xoʻjaligining barqaror va raqobatbardosh rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

Manba: Telegram kanali · Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi