Qishloq xoʻjaligi yerlari sotuvga chiqariladi
Yangiliklar

Qishloq xoʻjaligi yerlari sotuvga chiqariladi

1 daqiqa oʻqish 124 marta koʻrilgan

✅ “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining yerdan foydalanishdagi mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–68-son, 24.04.2026 y.) qabul qilindi.

📜 Farmonga koʻra, 2026 yil 1 maydan boshlab barcha hududlardagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari Prezidentning 2025 yil 3 fevraldagi PF–18-son Farmonida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.

🐄 Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining taklifi asosida 50 gektardan – 500 gektargacha oʻlchamdagi yer uchastkalarini faqat sanoat usulidagi plantatsiyalar tashkil qilish va chorvachilik uchun, yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turini belgilagan holda, auksion savdolariga chiqarishga yoʻl qoʻyiladi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI