🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
🇺🇿Joriy yil 7–8-oktabr kunlari Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda “Dengizga chiqish imkoniyati boʻlmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bagʻishlangan II xalqaro forum” oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
🗣Forumda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, iqlim oʻzgarishi sharoitida qishloq xoʻjaligining barqarorligini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish, yangi bozorlarga chiqish hamda barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
👥 Xalqaro ekspertlar, xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurishi kutilayotgan mazkur forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
⬇️⬇️⬇️
✅Roʻyxatdan oʻtish uchun havola
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI