Toza havo uchun davlatlararo konsorsium, choʻllanish va qum-chang boʻronlari boʻyicha markaz va yagona ekologik xarita…
Yangiliklar

Toza havo uchun davlatlararo konsorsium, choʻllanish va qum-chang boʻronlari boʻyicha markaz va yagona ekologik xarita…

1 daqiqa oʻqish 168 marta koʻrilgan

🔴Toza havo uchun davlatlararo konsorsium, choʻllanish va qum-chang boʻronlari boʻyicha markaz va yagona ekologik xarita...

✔️Mirziyoyev Markaziy Osiyo boʻyicha qanday ekologik takliflarni bermoqda?

Ostonada oʻtgan Mintaqaviy ekologik sammitda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda iqlim va ekologiya muammolarini hal qilish boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, Prezident:

— “Markaziy Osiyoning toza havosi” davlatlararo konsorsiumini tuzish;

— Toshkentdagi Choʻllanishga qarshi kurashish va qum-chang boʻronlari haqida barvaqt ogohlantirish markaziga mintaqaviy maqom berish;

— imtiyozli bojxona tartiblari va ekomahsulotlar sertifikatlarini oʻzaro tan olishni nazarda tutuvchi “Markaziy Osiyo yashil savdo yoʻlagi”ni shakllantirish;

— Markaziy Osiyo iqlim loyihalarining yagona investisiya portfelini yaratish;

— atrof-muhitdagi oʻzgarishlarni aks ettiruvchi yagona mintaqaviy ekologik atlas ishlab chiqish;

— biologik xilma-xillikni asrash uchun “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni tayyorlash;

— 2027 yilda Oʻzbekistonda Butunjahon yoshlar iqlim forumini oʻtkazishni taklif qildi.

Nutq yakunida davlat rahbari ishtirokchilarni shu yil Samarqandda boʻlib oʻtadigan Global ekologik fondning sakkizinchi assambleyasi va Suvni tejash boʻyicha butunjahon forumida qatnashishga chaqirdi.

Manba: Telegram kanali · Uzdiplomat | Расмий канал