Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurashish
Yangiliklar

Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurashish

1 daqiqa oʻqish 165 marta koʻrilgan

🌲 Tog‘ jinslarining, tuproqning yoki boshqa yuzalar butunligining va ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini parchalanib, buzilishi va yemirilishi eroziya deb ataladi.

❗️Eroziyaga uchragan maydonlarda tuproq qashshoqlashib, uning tarkibi buzilib, yaroqsiz yerlarga aylanib qoladi. Eroziyaga uchragan tuproqda hosildorlik 5-10 marotaba kamayib, har xil begona oʻtlar 2-4 marta koʻpayadi.

ℹ️ Doimo bir xil ekin ekilaversa tuproqning holati yomonlashib, ozuqa moddalar miqdori kamayib boraveradi. Tuproqdagi ozuqa moddalarni koʻpaytirish uchun mineral oʻgʻitlar ishlatiladi. Shu sababli almashlab ekishni joriy qilish hamda organik oʻgʻitlar solish tuproqning tarkibini yaxshilaydi va eroziya jarayoni sustlashadi.

✅ Eroziyaga qarshi kurashishni agrotexnik usuli:
Agrotexnik usullarning asosiy vazifasi – dalalardagi suv oqimini kamaytirish (yerga ishlov berish yoʻnalishi va chuqurligini belgilash, chuqurchalar, uzlukli egatlar, kichik limanlar hosil qilish)ga qaratilgan boʻlishi kerak. Bunda yer yuzasida paydo boʻladigan suv oqimining vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ilgʻor agrotexnika usullarini qoʻllash, jumladan, yerni agʻdarib chuqur haydash zarur.

ℹ️ Bu tadbirlar:
– yonbagʻir yerlarga boʻylama va koʻndalangiga chuqur ishlov berish;
– maxsus suvni ushlab qoluvchi (uzlukli, tirqishli, chuqurchali) egatlar hosil qilish;
– haydov qatlami chuqurligini oshirish;
– oʻgʻitlar kiritish;
– tuproqni agʻdarmasdan yumshatish;
– baland poyali ekinlarni yetishtirishni koʻzda tutadi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI