✅Tuproq resurslari inson hayotida, davlat farovonligida, shuningdek, sayyora ekotizimining barqarorligini taʼminlashda oʻrni beqiyos.
♻️Bugun Toshkent viloyati Bekobod tumanida agroxizmatlar markazi hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh olim va mutaxassislari tomonidan “Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish yoʻllari” mavzusida yerdan foydalanuvchilar va fermer xoʻjaliklari rahbar va xodimlarining tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish koʻnikmasini yaratish maqsadida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.
🔴Seminarda tuproqshunoslik sohasidagi olim va mutaxassislar tomonidan tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash, oshirish, agrokimyoviy kartogrammalar natijalaridan foydalanish usullari, shu jumladan ushbu agrokimyoviy kartogrammalar asosida oʻgʻitlash meʼyorlarini belgilash, tuproq tadqiqotlari asosida agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish kabi tuproqqa oid maʼlumotlar boʻyicha ilmiy amaliy tavsiyalar berildi.
Manba: Telegram kanali

