🔺Instiut direktori Shuhrat Bobomurodov rahbarligida oʻtkazilgan ushbu yigʻilishda institut markaziy apparati direktori oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, ilmiy xodimlar, doktorantlar va masʼullar ishtirokida oʻtkazildi.
✅Majlis kun tartibi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarori hamda 2023 yil 3-iyundagi 228-sonli qarori bilan yangi tahrir qilingan “Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”da belgilangan mezon talablarini bajargan institut xodimlariga lavozim maoshiga har oylik va bir martalik qoʻshimcha haq toʻlanishini muhokamasi va boshqa turli masalalarga bagʻishlandi.
🔺Yigʻilish avvalida Sh. Bobomurodov institutning ilmiy salohiyati yuzasidan institut va uning hududiy boʻlinmalarida faoliyat yuritayotgan soha xodimlari tomonidan oʻtgan 2025 yil davomida erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida soʻz yuritdi.
🔺Shundan soʻng institut Ilmiy kotibi Miraziz Mirsadikov yuqorida keltirilgan qaror va nizomda belgilangan mezon talablarni bajargan barcha xodimlarni amalga oshirgan ishlari boʻyicha maʼlumotlarni oʻqib eshittirdi.
🔹Yigʻilish davomida ijro intizomi va samaradorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bugungi islohotlar jarayonida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari tahlil qilindi. Ayniqsa, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish muhim vazifa sifatida belgilandi. Shu bilan birga, hujjatlar ijrosining toʻliq va natijali amalga oshirilishini taʼminlash masʼuliyatini kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Manba: Telegram kanali






