TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTI
Yangiliklar

TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTI

2 daqiqa oʻqish 387 marta koʻrilgan

⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrugʻi bilan ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotasi tasdiqlandi.

🟢Shunga asosan, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida 2027 yil qabul uchun quyidagi ixtisosliklar boʻyicha oʻrinlar ajratildi.

Tayanch doktoranturaga (PhD):

03.00.13 - “Tuproqshunoslik” - 3 ta oʻrin;
06.01.04 - “Agrokimyo” - 2 ta oʻrin;
06.01.03 - “Agrotuproqshunoslik va agrofizika” - 2 ta oʻrin.
➡️Stajor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:👇
1. Ariza.
2. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Pasport nusxasi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
8. Xorijiy til sertifikati (tayanch doktorantura uchun).
9. Ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti (prezentasiya)

Hujjatlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha (https://daraja.ilmiy.uz ) sayti orqali qabul qilinadi.

Qabul oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son Qarorining 2-ilovasi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim toʻgʻrisida Nizom” asosida amalga oshiriladi.

🔴Qoʻshimcha maʼlumot va murojaat uchun quyidagi raqamga bogʻlanishingiz tavsiya etiladi :
📞 (93) 524-07-85, (94) 656 23 93
👉Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamariniso koʻchasi 3-uy.

✅Telegram: TATI Soil

#Diqqat #EʼLON

Manba: Telegram kanali