🟢Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yurtimizda obodlik va bunyodkorlik ishlari yanada keng quloch yozmoqda. Shu munosabat bilan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida har hafta hashar ishlari tashkil etilmoqda.
➡️Ayni paytda institut binosida qurilish-taʼmirlash ishlari qizgʻin davom etayotgan boʻlsa-da, jamoa tomonidan hududlarni obodonlashtirish, tozalik va tartibni taʼminlash ishlari ham izchil davom ettirilmoqda.
🔵Obodlik — bir kunlik tadbir emas, balki kundalik masʼuliyat va umumiy saʼy-harakat natijasidir. Bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda atrof-muhitga eʼtibor qaratish, ish joyini ozoda va koʻrkam saqlash har bir jamoa aʼzosining yurt obodligiga qoʻshayotgan munosib hissasidir.
🔴Hasharda institut jamoasining birgalikdagi mehnati — hamjihatlik, fidoyilik va Vatan ravnaqiga daxldorlikning amaliy ifodasi boʻlmoqda.
Manba: Telegram kanali







