“Yashil makon” loyihasiga hissa qoʻshayotgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi
Yangiliklar

“Yashil makon” loyihasiga hissa qoʻshayotgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi

1 daqiqa oʻqish 185 marta koʻrilgan

✅ Ekologiya qoʻmitasiga “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda oʻz hissasini qoʻshayotgan shaxslarni quyidagicha ragʻbatlantirish vakolatlari beriladi:

🔹 kamida 100 ta daraxt koʻchatlarini ekkan shaxsga yoki daraxt ekish uchun “Yashil xayriya jamgʻarmasi” platformasiga kamida 10 mln soʻm hadya qilgan shaxsga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish;

🔹 kamida 1000 ta daraxt koʻchatlari ekilishini tashkil qilgan yoki “Yashil xayriya jamgʻarmasi” platformasiga kamida 100 mln soʻm hadya qilgan tadbirkorlarga “Ekohamkor” maqomini berish:

➖ bunda tadbirkorlarga ushbu maqomdan oʻz faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqi beriladi;

➖ Ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanmagan taqdirda ekofaoliyat va ekoaksiyalarni tashkil qilish holatlarini reklama qilish reklama qonunchiligini buzish deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi;

🔹 50 mingdan kam boʻlmagan daraxt koʻchatlari ekilishini taʼminlagan yoki “Yashil xayriya jamgʻarmasi” platformasiga kamida 5 mlrd soʻm hadya qilgan shaxslarga mesenat maqomini berish;

🔹 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 5 ta yashil bogʻ va yashil jamoat parkini oʻz hisobidan barpo qilgan shaxslarga “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotini berish boʻyicha taklif kiritish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Manba: Telegram kanali · Huquqiy axborot