Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil davomidagi serqirra faoliyati, davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy himoya, ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohalarida amalga oshirgan ishlarini hujjatli manbalar, tahliliy sharhlar va fotolavhalar asosida jamlagan keng qamrovli toʻplam — “Yurt qaygʻusida 365 kun” kitobi nashr qilindi.
Nashr yil davomida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni muayyan xronologik ketma-ketlik asosida yoritadi. Kitob oylar kesimida tartiblangan boʻlib, har bir oy avvalida Prezident faoliyatining asosiy yoʻnalishlari qisqacha jamlangan. Shundan soʻng muhim voqealar, tashriflar, uchrashuvlar, videoselektor yigʻilishlari, xalqaro muzokaralar, imzolangan hujjatlar, tashabbus va loyihalar alohida boʻlimlar kesimida batafsil sharhlangan.
Manba: Telegram kanali · Rasmiy xabarlar I Официальные новости
