Joriy yilning 18-19-sentabr kunlari Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari madaniy-tarixiy obidalarni ziyorat qilish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi. Sayohatning birinchi kuni xodimlar aziz avliyolarimiz bo‘lmish yetti pirni ziyorat qilishdi. Ikkinchi kuni esa Azim Buxoro shahridagi Xo‘ja Nasiriddin, Sitorayi Mohixossa, Minorayi Kalon hamda Arkni ziyorat qilgan holda madaniy hordiq chiqarishib, mana shu yerda o‘z sayohatlarini yakunlab, Toshkent shahriga yetib kelishdi.