Joriy yilning 24-yanvar kuni Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich olib bordi.
Yig‘ilishda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, ikki nafar II-kurs tayanch doktorantlari va uch nafar doktorantlarning 2022 yil «Hisoboti» va 2023 yil «Ish rejasi» muhokamalari o‘tkazildi.