Ilmiy jurnal Milliy ilmiy nashr

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 


“Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnalining 2023 yilning № 1-soni nashr etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining ushbu ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 2022 yil 29 dekabrdan biologiya fanlari bo‘yicha, 2023 yil 31 yanvardan qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

Jurnal sahifalarida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar qishloq xo‘jaligida tuproqshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba yoshlar, magistrantlar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va olimlarning ilmiy maqolalari, agrar sohaga oid yangiliklar va hodisalar, Prezident qarorlari va boshqa ko‘plab materiallar yoritib boriladi.

Nashrning har bir sonining elektron formati ham mavjud bo‘lib u institutning soil.uz saytining “Ilmiy jurnal” platformasining “Taxririyat” qismi va Institutning telegram kanallariga mumtazam ravishda joylashtirilib boriladi.

Ayni paytda jurnal taxririyati tomonidan № 2-son uchun maqolalar jamlanmoqda. Siz o‘z ilmiy tadqiqot ishlaringiz yuzasidan tayyorlagan ilmiy maqolalaringizni uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida taxririyatga taqdim etishingiz mumkin.

TAXRIRIYAT

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований