O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasida turli sohalarda bo‘lgani kabi, qishloq xo‘jaligi tizimida ham hamkorlik izchil, jadal va samarali rivojlanib bormoqda.
Joriy yilning may oyida Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov va institut mas’ul xodimlari bilan Yaponiya davlatidan tashrif buyurgan “Japan Conservation Engineers&Co.”, LTD. firmasi vakillari - yordamchi menedjeri Yoshida Kazuyo (Yoshida Kazuyo), Tuproq bo‘yicha maslahatchi, professional injener Ueno Naoya (Ueno Naoya), mahalliy konsultant G‘ayrat Jumaev bilan sohaviy hamkorlik yuzasidan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash, tajriba almashish va kelajakda birgalikda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu hamkorlik samarasi o‘laroq joriy yilning 11 iyunidan boshlab Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish masalalari departamenti mudiri Oybek Soatov, vazirlik mas’ul xodimlari va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodovlar Yaponiya davlatida xizmat safarida bo‘lib to‘ribdi.