“YER SAYYORASI UMUMIY UYIMIZ”

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

т1т4т5т10O‘tgan yilda Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) ning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligida “Yer sayyorasi umumiy uyimiz” nomli Ekologik ta’lim va tarbiya bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun parsial dastur ishlab chiqilgan.

Hozirgi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari mazkur parsial dastur bo‘yicha ham faoliyat olib borilmoqda.

Dastur bir nechta boblardan iborat bo‘lib ular 2030-yilgacha bo‘lgan davrga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 27-mayda 434-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishi, unda ekologik tarbiyani rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilangan.

Shuningdek, bolalarda yoshligidanoq ekologik madaniyatni, o‘z ona zaminimiz tabiiy boyliklariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni rivojlantirish, ularda tabiiy resurslarning holati uchun mas’uliyat tuyg‘usini,  tuproqlardan va atrof-muhitdan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga Yakkasaroy tumanidan “FORTUNA EDUCATION” nodavlat bog‘cha bolalari tarbiyalanuvchilari tashrifining asosiy maqsadi ham ana shulardan iborat bo‘ldi.

 

 

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований