Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov va soha olimlari Polshaning “ARTAGRO” kompaniyasi vakillari Marek Siborovski (Marek Ciborowski), Roman Babak va boshqa soha xodimlari bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Polshaning “ARTAGRO” kompaniyasi vakillari tuproqning holati va uning tuzilishini yaxshilash, yerlardan samarali foydalanish uchun mo‘ljallangan, ko‘plab davlatlar tuproqlarida sinovdan o‘tkazilgan “BASIC” gidrogelini kelgusida O‘zbekiston yerlarida qo‘llab ko‘rish taklifini ilgari surishdi.
Ma’lumot uchun: Mazkur gidrogelning foydali xususiyatiga ko‘ra: Tuproq profilida tuproq namligining sezilarli o‘sishiga erishish, urug‘larning bir tekis unib chiqishiga yordam berishi, yashil massa va u qo‘llaniladigan sirtdagi ildiz massasida taxminan 40% yaxshilanishga erishish mumkin. Shuningdek, sug‘orish paytida suv sarfini 20% dan 50% gacha kamaytirish imkonini berishi va eng asosiysi ushbu gidrogel atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lib, tuproqda mikroorganizmlar uchun neytral, odamlar, hayvonlar va o‘simliklar uchun toksik bo‘lmagan kamida 5 yil tuproqda o‘z faoliyatini saqlaydi va taxminan 10 yil o‘tgach, u butunlay biologik parchalanar ekan.
Suhbat davomida institut direktori Shuhrat Bobomurodov, «Tuproqlar biogeokimyosi, kimyoviy va fizik-kimyoviy holatini maqbullashtirish» bo‘limining professori Maruf Toshqo‘ziev tuproqlar unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish uchun ushbu gidrogelni avvalo tuproqlarda sinab ko‘rish uchun o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv har ikki tomon “BASIC” gidrogelini kelgusida O‘zbekiston tuproqlarida ijobiy natijalarga erishiladigan bo‘lsa hamkorlik qilish uchun kelishuvga erishildi.