Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashda dissertasiya ishlarining himoyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibiga ko‘ra 2 nafar ilmiy xodimning jumladan:
Mamajanova O‘ktamxon Xasanbaevnaning «So‘x daryosi yoyilmasi sug‘oriladigan tuproqlarining genetik-meliorativ xususiyatlari va unumdorligi» mavzusidagi 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Sadullaev Almat Mambetullaevichning «O‘tmishdosh don-dukkakli va moyli ekinlardan so‘ng g‘o‘zada mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish» (Xo‘jayli tumani sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari misolida) mavzusidagi 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun taqdim etgan dissertasiya ishlarining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Sh.M.Bobomurodov olib bordi.
Talabgorlar Ilmiy kengash a’zolariga olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan tanishtirdi. Kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash va kengash a’zolari tomonidan talabgorlarga taklif va tavsiyalar berildi.Ushbu majlisda Ilmiy kengash tomonidan dissertantlarning ilmiy daraja olish uchun Mamajanova O‘ktamxon Xasanbaevnaga 03.00.13-«Tuproqshunoslik» ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda Sadullaev Almat Mambetullaevichga 06.01.04-«Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berishga qaror qabul qilindi.