Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “JADID MAʼRIFATPARVARLARI QALBIMIZDA” shiori ostida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dastlab instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori, professor Nodirjon Abduraxmonov tadbirni ochib berish uchun o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Tuproq unumdorligini oshirish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish” boshqarmasi bosh mutaxassisi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Umid Niyazmetov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyotshunoslik kafedrasining yetuk olim va olimalari ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyotshunoslik kafedrasi filologiya fanlari doktorlari Jaloliddin Jo‘raev, Jasurbek Maxmudov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shaxlo Xojieva, katta o‘qituvchi Sabogul Suyuunova va qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Umid Niyazmetovlar dastlab o‘tgan asr boshlarida ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqan xalqimizni ozodlik va ilm-ma’rifati uchun kurashga chorlagan jadid bobolarimiz, sana munosabati bilan Alisher Navoiyning hayoti va ijodi hamda o‘zidan qoldirgan boy adabiy merosi haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda hozirgi kunda Navoiyshunoslik bo‘yicha olib borilayotgan yangi ilmiy ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tishdi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki to‘laqonli ta’minlanmoqda. Ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar, gender tenglik va teng huquqlilikni ta’minlashdagi ijtimoiy masalalar ham adolatli hal etilmoqda.
Tadbir nihoyasida professor Nodirjon Abduraxmonov 11 fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni munosabati bilan tadbirda ishtirok etayotgan barcha olima ayollarni samimiy qutladi.