Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Sh. Bobomurodov olib bordi.
Yigilish QURDASHEV QUDRAT DAVLATOVICHning
03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagishlandi.
Talabgor ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolariga tanishtirdi.
Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Qudrat Qurdashevning tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.