Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Instiut direktori Shuhrat Bobomurodov rahbarligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda institut markaziy apparati direktori o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, ilmiy xodimlar, doktorantlar va mas’ullar ishtirokida o‘tkazildi.

Majlis kun tartibi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarori hamda 2023 yil 3-iyundagi 228-sonli qarori bilan yangi tahrir qilingan “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom”da belgilangan mezon talablarini bajargan institut xodimlariga lavozim maoshiga har oylik va bir martalik qo‘shimcha haq to‘lanishini muhokamasi va boshqa turli masalalarga bag‘ishlandi.

Yig‘ilish avvalida Sh. Bobomurodov institutning ilmiy salohiyati yuzasidan institut va uning hududiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan soha xodimlari tomonidan o‘tgan 2025 yil davomida erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng institut Ilmiy kotibi Miraziz Mirsadikov yuqorida keltirilgan qaror va nizomda belgilangan mezon talablarni bajargan barcha xodimlarni amalga oshirgan ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi.

Yig‘ilish davomida ijro intizomi va samaradorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bugungi islohotlar jarayonida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari tahlil qilindi. Ayniqsa, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish muhim vazifa sifatida belgilandi. Shu bilan birga, hujjatlar ijrosining to‘liq va natijali amalga oshirilishini ta’minlash mas’uliyatini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

