ILM AMALIYOT BILAN UYG‘UNLASHGAN TAQDIRDAGINA KUTILGAN NATIJAGA ERISHISH MUMKIN
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Мazkur yig‘ilish Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda tizim tashkilotlari uchun dolzarb masalalar yuzasidan belgilab berilgan vazifalar va ular ijrosini ta’minlash xususida bo‘lib o‘tdi.

Institut direktori Sh. Bobomurodov yig‘ilishda, avvalo, sohada ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ygan holda, tezkorlik bilan amaliy ishlarga o‘tish kerakligi, bunda har bir mas’ul o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarish lozimligi qayd etdi.

Yig‘ilishda ilmiy-tadqiqot natijalarining xo‘jaliklarga yetarlicha tatbiq etilmayotgani, ayrim hollarda ushbu ilmiy natijalarni joylarda amaliyotga joriy etishda uzilishlar kuzatilayotgani, laboratoriya tahlillari natijalari asosida aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurati, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish lozimligi, axborot va tushuntirish ishlari, mutaxassislar va fermerlar uchun seminar-treninglar o‘tkazish, metodik qo‘llanmalardan kengroq foydalanish va xabardorlikni oshirish, bajarilgan ishlar xususida OAV lari respublika gazeta va nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish masalalari alohida ta’kidlandi.

Shuhrat Bobomurodovga ko‘ra, ilm amaliyot bilan uyg‘unlashgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Ilmni amaliyotga tatbiq etish — bu faqatgina tavsiya berish emas, balki natijaga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. Tuproqshunoslik sohasida olib borilayotgan har bir ilmiy tadqiqot yer unumdorligini saqlash va oshirishga, qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi zarur.

Shuningdek, institutning 2026 yil uchun hududlar kesimida aniq ustuvor yo‘nalishlarni belgilash chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va buning uchun mas’ul ijrochilarning ijro muddatlarni tasdiqlash, har chorakda tahliliy hisobot tayyorlash, muddatli hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish, xodimlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish, bugundan boshlab har bir bo‘lim o‘z yo‘nalishida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy sinov maydonlarini tashkil etish, fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlikda tajriba maydonlarini yaratish kabi istiqbolli vazifalar belgilandi.

