FAN DOKTORLARI SONI OSHMOQDA

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

 

TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING FAN DOKTORLARI SONI OSHMOQDA

photo 2026 05 06 10 16 47

Institut Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

💬Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi mazkur yig‘ilishida an’anaga ko‘ra tantanali diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

➡️Diplomlar Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov tomonidan topshirildi.

❗️Yig‘ilishda O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan joriy yilda ilmiy himoyaga chiqqan:

photo 2026 05 06 10 16 30

BAXODIROV ZAFAR ABDUVALIEY VICH ➖ DSc«Tuproqshunoslik» ixtisosligi, biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori;


XOLMATOV OTABEK ISMATOVICH ➖ (PhD) «Agrokimyo» ixtisosligi, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

photo 2026 05 06 11 12 51

NORMATOV YODGOR MAMANAZAROVICH ➖ (PhD) «Tuproqshunoslik» ixtisosligi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

photo 2026 05 06 10 16 31
JUMAYEV SHAVKAT XASANOVICH ➖ (PhD) «Agrokimyo» ixtisosligi, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha fan doktori hamda falsafa doktori ilmiy darajali diplomlari topshirildi.

photo 2026 05 06 10 16 32

⚡️ Institut jamoasi hamda Ilmiy Kengash a’zolari nomidan diplom sohiblariga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi ilmiy ishlariga rivoj, mashaqqatli hamda sharafli mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

photo 2026 05 06 10 16 36

 

© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований