«MILLAT SHAVKATI» — MA’RIFAT VA TAFAKKUR SARI
⚡️Bugungi ma’rifat soati O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Ishtirokchilar Vatanimiz ramziga yuksak hurmat bajo keltirdilar.
📚Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning «Millat shavkati» kitobi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir boshlandi.
🔵Tadbirda O‘zbekiston agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Husan Begmatov tomonidan kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya va qarashlar haqida taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda asarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy o‘zlik, tarixiy xotira, ma’naviy uyg‘onish, jamiyat tafakkuridagi yangilanishlar hamda Vatan taraqqiyoti bilan bog‘liq muhim masalalar yoritilgani ta’kidlandi.
🔵Taqdimot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Berilgan savollar yuzasidan institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitobda ilgari surilgan g‘oyalarning bugungi kun uchun ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
🔵Ma’rifat soati qizg‘in muloqot va fikr almashinuvi ruhida o‘tib, ishtirokchilarda kitobxonlik, milliy tafakkur va yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
📚Kitob — tafakkurni uyg‘otadi, tafakkur esa taraqqiyotga yo‘l ochadi!
