phone1 Flag of Uzbekistan Circle 512 england circle 512Russian 2 512Russian 2 512

9:00 - 18:00
(71) 246-09-50
Ул. Камарнисо, 3, Олмазорский район, Ташкент

“Tuproqshunoslik raqamli jamiyatda” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferentsiyasi oʼz ishini boshladi

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

fdgf

 Ushbu konferentsiyada Rossiya Federatsiyasi, Belarusiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Ozarbayjon, Oʼzbekiston hamda boshqa xorijiy mamlakatlarining tuproqshunos olimlari qatnashmoqda. Mazkur konferentsiyada Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining bir qator olimlari ham ishtirok etishdi.

 Konferentsiyaning ochilish marosimida institut direktori, b.f.d. Sh.M.Bobomurodov “Tuproqshunoslikni raqamlashtirish - muammolari, yutuqlari va istiqbolli yoʼnalishlari” mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi. Sh.M.Bobomurodovning maʼruzasi tashkiliy qoʼmita hamda yigʼilganlarda katta taassurot uygʼotdi.

 Аnjumanda shuningdek bir qator mamlakatlarning Tuproqshunoslik institutlari rahbarlari hamda Xalqaro tuproqshunoslik ittifoqi prezidenti Laura Berta Reyes Sanches maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
 Аnjuman tuproqshunoslik sohasini raqamlashtirish, ushbu yoʼnalishda erishilgan yutuqlar, kelajakda hal qilinishi lozim boʼlgan masalalar yechimiga qaratilgan.
Xalqaro ilmiy konferentsiya 1-3 mart kunlari boʼlib oʼtadi.

logo_footer.png
Почвоведение и агрохимия
научно-исследовательский институт
Ташкент, Олмазорский район
Улица Камарнисо 3
© 2021 Научно-исследовательский институт почвоведения и агрохимии