USTOZLAR - DOIMO ARDOQDA...

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
Hazrati Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek "Dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham ustozlarning olijanob mehnatini, chaqini ado etib bo‘lmaydi". Haqiqatan ham chin ma’noda shunday. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida har bir yosh tuproqshunos va agrkimyogar shogirdlarni ardoqlab, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan fidoiy ustoz Karimberdieva Amina Azimovna bugun 75 yoshga to‘ldilar. 
Ustozlik maqomi juda ham oliy saodat. Amina Azimovna ilm yo‘lida ko‘plab shogirdlarga saboq bergan, hayotda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘mak bergan muhtarama ustozdir. 
Amina Azimovna qariyib 56 yildan buyon Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu ilm maskani olima uchun juda ham qadrdondir. Bugun yubiley yosh munosabati bilan qutlash uchun o‘tkazilgan tadbirda yosh olimlar uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar sohibasi bo‘lgan ustoz Amina Azimovnani sha’niga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklar izhor etish bilan birga gul va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Sharafli va mas’uliyatli kasbda sobitqadam bo‘lgan aziz ustozlarimiz hamisha bor bo‘lsin!
© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований