TOSHKENTDA BUTUNJAHON TUPROQ KUNI NISHONLANDI

Рейтинг: 5 / 5

Звезда активнаЗвезда активнаЗвезда активнаЗвезда активнаЗвезда активна
 

photo 2023 12 15 12 54 19 2photo 2023 12 15 12 54 43photo 2023 12 15 12 54 45photo 2023 12 15 12 54 36photo 2023 12 15 12 54 11

 

 

 

 

 

 

O‘zbekistonda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti o‘tgan asrning 20-yillarida tashkil qilingan bo‘lib,  mustaqillik yillariga kelib jadal rivojlana boshladi. Mamlakatda yuqori malakali olimlarning mavjudligi, yer resurslaridan oqilona foydalanish yo‘lida Tuproqshunos olimlarining samarali ilmiy tadqiqotlari va amaliy ishlanmalari bugun qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchilar uchun ishonchli dargohga aylanib ulgurdi.

Institut o‘zining 100 yildan ziyod faoliyati davomida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar sohasida dunyo ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan yirik ilmiy tadqiqot institutiga aylandi.

Har yil 5 dekabr  Butunjahon tuproq kuni keng nishonlanadi. Xalqaro tuproq kuni 2002 yilda Tuproq haqidagi fanlar xalqaro ittifoqi tomonidan tavsiya etilgan. Global tuproq hamkorligi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bu kunni xabardorlikni oshirish uchun global platforma sifatida rasmiy ta’sis etilishini qo‘llab-quvvatladi. FAO konferensiyasi 2013 yil iyun oyida Butunjahon tuproq kunini o‘tkazishni bir ovozdan ma’qulladi va buni BMT Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida rasmiy tasdiqlanishini so‘rab murojaat qildi.

 

Tuproq va suv yerdagi hayotni ta’minlovchi eng muhim manbalardir. Oziq-ovqat mahsulotlarining 95 foizi tuproqdan olinadi va uning sifati ushbu ikki asosiy manbaning sifatiga bog‘liq. Tuproq va suv o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bizning qishloq xo‘jaligi tizimlarimizning asosini tashkil qiladi. 2023 yilda nishonlanayotgan Butunjahon tuproq kunining mavzusi “Tuproq va suv – yerdagi hayotning asosi”.

Toshkentda 2023 yil 5 dekabr - Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq degradatsiyasining oldini olishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, olimlar, tadqiqotchilar, milliy va xorijiy tuproqshunos mutaxassislar ishtirok etib, ular tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish, eroziya hamda tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashning zamonaviy usullari, neytral muvozanatni saqlash, yer degradatsiyasi, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etdilar.

Ta’kidlash joizki, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tuproq unumdorligini saqlash va yaxshilash, degradatsiya jarayonlarining oldini olish va ularning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib bormoqda. Xususan, qishloq xo‘jaligi yerlari meliorativ va ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, qishloq xo‘jaligida resurslarni tejaydigan (no-till) texnologiyalar joriy etilmoqda, ekinlarni o‘g‘itlashning zamonaviy tizimlari ishlab chiqilmoqda, organik dehqonchilik uchun ekologik toza tuproq sharoitlari yaratilmoqda, tuproqlarni tahlil qilishda xalqaro standartlar qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, sun’iy intellekt texnologiyalari va tuproqshunoslikni raqamlashtirishdan foydalangan holda tuproqlar holati monitoringi amalga oshirilmoqda.

Tadbirda minimal yumshatish, almashlab ekish, organik moddalar solish va qoplama ekinlar kabi tuproqni barqaror boshqarish usullari tuproq holatini yaxshilashi, eroziya va ifloslanishni kamaytirishi, yer osti suvlarining infiltratsiyasi va to‘planishini yaxshilashi ta’kidlandi. Tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish Yerning qurg‘oqchilik, toshqin va qum bo‘ronlari kabi ekstremal iqlim hodisalariga qarshi turish qobiliyatini oshirish imkonini beradi.

5-dekabr “Butunjahon tuproq kuni”ga bag‘ishlab “TUPROQ DEGRADATSIYASINI OLDINI OLIHSDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminari Poytaxtimizdagi “Frank Fort” mehmonxonasi konferensiyalar zalida o‘tkazildi.

Mazkur anjumanda soha olimlari global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan sahrolanish, yerlar degradatsiyasi, sho‘rlanish, tuproqlar eroziyasi, atrof-muhitni ifloslanishi kabi salbiy  va dolzarb masalalarni hal etishda tuproqshunos, agrokimyogar va boshqa turdosh soha olimlarining olgan yangi nazariy va amaliy yangiliklari, sohani raqamlashtirish yo‘nalishida erishgan yutuqlari, innovatsion g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований