Institut

Koʻziyev Jaxongir Madaminovich

Koʻziyev Jaxongir Madaminovich

Vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari

1. Umumiy vazifalar

Tuproq agrokimyosi va oʻsimliklar oziqlanishini maqbullashtirish boʻlimi Institutning agrokimyo va oʻsimliklarni oziqlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinma: tuproqlarning agrokimyoviy holatini baholash, oziqa elementlarining tuproq-oʻsimlik-suv tizimidagi aylanishi, transformatsiyasi va oʻzlashtirilish qonuniyatlarini oʻrganish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oziqa elementlariga boʻlgan ehtiyojini aniqlash, maqbul, muvozanatlashtirilgan va koordinatali oziqlantirish tizimlarini ishlab chiqish, oʻgʻitlardan samarali foydalanishning ilmiy asoslarini takomillashtirish, shuningdek, tadqiqot natijalari asosida ilmiy-uslubiy metodikalar, tavsiyalar va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqishga mas’ul hisoblanadi.

Boʻlimning asosiy maqsadi — tuproqlarning agrokimyoviy holati va oziqa elementlari bilan ta’minlanganligini zamonaviy laboratoriya-tahlil usullari, raqamli xaritalash va GAT texnologiyalari asosida kompleks baholash va monitoring qilish, «tuproq-oʻsimlik-oʻgʻit-suv-iqlim» tizimida oziqa elementlarining aylanishi, transformatsiyasi, balansi va oʻzlashtirilish qonuniyatlarini aniqlash, haqiqiy va resurs tejamkor oziqlantirish texnologiyalarini aniq dehqonchilik va raqamli agrokimyo yondashuvlari asosida ishlab chiqish, shuningdek, olingan ilmiy natijalar asosida agrokimyoviy baholash, oziqlanish diagnostikasi, oʻgʻitlash va oziqlanishni boshqarish boʻyicha zamonaviy metodikalar, uslubiy tavsiyalar va qoʻllanmalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.

2. Asosiy vazifalar

Tuproq agrokimyoviy holatini integral baholash, tuproqlarning makro- va mikroelementlarini GAT va raqamli xaritalash asosida oziqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash hamda agrokimyoviy monitoringni uzluksiz yuritish;

«Tuproq-oʻsimlik-oʻgʻit-suv-iqlim» tizimidagi oʻzaro ta’sirlarni modellashtirish asosida oziqa elementlarining agrokimyoviy balansini hisoblash va ilmiy asoslangan oʻgʻitlash tizimlarini ishlab chiqish;

Qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun oʻgʻitlarning maqbul me’yorlari, nisbatlari va qoʻllash muddatlarini agrokimyoviy va fiziologik talablar asosida aniqlash hamda resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish;

Balanslashtirilgan va differensiallashgan oziqlanish tizimlari asosida ekologik xavfsiz va yuqori sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning agrokimyoviy asoslarini takomillashtirish;

Abiotik stresslar (shoʻrlanish, qurgʻoqchilik, yuqori harorat) sharoitida ekinlarning oziqa elementlarini oʻzlashtirish samaradorligini agrokimyoviy jihatdan baholash va stressga chidamli oziqlanish boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqish;

Oʻsimliklar oziqlanishini diagnostika qilish tizimini ravo qilish (barg tahlili, ekspress-testlar, spektral va sensor texnologiyalar) hamda «anil ehtiyoj – aniq me’yor» prinsipiga asoslangan oʻgʻitlash modellarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

Raqamli agrokimyo va «aqlli dehqonchilik» texnologiyalari asosida oziqa elementlari aylanishini prognoz qilish, qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlovchi intellektual modellar va dasturiy platformalar yaratish;

Oziqlanish tizimlarining ekologik barqarorligi va iqtisodiy samaradorligini agrokimyoviy, energetik va resurs tejamkorlik koʻrsatkichlari asosida kompleks baholash va maqbullashtirish.

3. Boʻlimning asosiy faoliyat yoʻnalishlari

Tuproqlarning agrokimyoviy holatini baholash va monitoring qilish;

Raqamli agrokimyo va agrokimyoviy xaritalash (GAT/GIS, GNSS, masofadan zondlash, sensor texnologiyalar);

Oziqa elementlari balansi va agrokimyoviy modellashtirish;

Oʻgʻitlarning maqbul me’yori va qoʻllash tizimlarini ilmiy asoslash;

Oʻsimliklar oziqlanishini diagnostika qilish;

Differensiallashtirilgan va aniq oziqlantirish texnologiyalari;

Abiotik stresslar sharoitida oziqlanishni boshqarish;

Oziqlanish tizimlarining ekologik va iqtisodiy samaradorligi;

Mahsulot sifati va oziq-ovqat xavfsizligi;

Ilmiy-uslubiy ta’minot va natijalarni amaliyotga joriy etish.