Institut

Nuriddinova Xurshida Toshevna

Nuriddinova Xurshida Toshevna

Nuriddinova Xurshida Toshevna

Qabul kunlari:
Seshanba, payshanba · 14:00–16:00

← Barcha xodimlar

Vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari

Laboratoriya haqida

Tahliliy sinov laboratoriyasi — Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining ilmiy-tadqiqot ishlarini zamonaviy laboratoriya tahlillari bilan ta’minlovchi, tuproq, oʻsimlik va tabiiy suv namunalarini tahlil qilish, yangi tahlil usullarini joriy etish hamda laboratoriya xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmadir. Laboratoriyada zamonaviy instrumental usullar, xalqaro standartlar va ilgʻor laboratoriya texnologiyalaridan foydalangan holda tuproq, oʻsimlik va suv namunalarining kimyoviy va agrokimyoviy tarkibi oʻrganiladi.

Asosiy vazifalari

Institutning ilmiy-tadqiqot ishlarini zamonaviy laboratoriya tahlillari bilan ta’minlash;

Tuproq, oʻsimlik va tabiiy suvlarni tahlil qilishda zamonaviy instrumental usullarni qoʻllash va yangi tahlil usullarini joriy etish;

Respublika sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining tuproq sifatini (ball-bonitetini) baholash ishlarini tahliliy jihatdan ta’minlash;

Sugʻoriladigan yerlarda tuproq shoʻrlanishi darajasini monitoring qilish va shoʻrlanish kartogrammalarini tuzish uchun tuproq namunalarini tahlil qilish;

Tuproq agrokimyoviy kartogrammalarini tuzish uchun tuproq namunalarini tahlil qilish;

Tuproqlarning mikroelementlar (Cu, Zn, Mn, B, Co, Mo) bilan ta’minlanganlik darajasini baholash;

Agroklasterlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari murojaatlari asosida tuproq, oʻsimlik va suv namunalarini tahlil qilish;

Respublika miqyosida tuproq namunalari va tahlil natijalarining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;

Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, mineral hamda organik oʻgʻitlardan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.

Laboratoriyada amalga oshiriladigan asosiy tahlillar

Laboratoriyada 30 dan ortiq tuproq, oʻsimlik va suv tahlillari amalga oshiriladi: granulometrik tarkib, suvda eriydigan tuzlar, almashinuvchi kationlar, pH, EC, karbonatlar va gips, gumus, umumiy va harakatchan NPK, mikroelementlar, ogʻir metallar (Ni, Cr, Cu, Zn, Pb, Cd), shoʻrlanish darajasi; suv va oʻsimlik tahlillari; mobil laboratoriya yordamida dala sharoitida tezkor tahlil. Laboratoriya xoʻjalik shartnomalari asosida agroklasterlar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga xizmat koʻrsatadi.