BOʻLARKAN-KU!
12 oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 3,4 million tonna paxta yigʻib olindi. Bu rejaning 76 foizi degani. Eʼtiborlisi, hosilning 2,6 million tonnasi, yaʼni 75 foizi mashinalar yordamida terilgan. Birgina bugunning oʻzida texnikalar 147 ming tonna paxta teribdi.
Bir paytlar paxta mavsumi deganda oʻqituvchiyu shifokorlar, talabalarning dalaga chiqarilishi, terimning qishning izgʻirin kunlarigacha choʻzilishi koʻz oldimizga kelardi. Endi esa bu ishni asosan texnikalar bajaryapti.
Majburiy mehnatga emas, mexanizasiyaga tayanishning real natijasini, mana, raqamlarda koʻryapmiz.
Manba: Telegram kanali · Salim Doniyorov