15 oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni!
🌺Qishloq ayollari — yerga mehr, hayotga fayz, oila va jamiyatga mustahkam tayanch bagʻishlovchi fidoyi insonlardir. Ularning mashaqqatli mehnati, sabr-toqati va fidoyiligi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda farovon jamiyat barpo etishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
🌸Oila va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotgan, oʻz mehnati va matonati bilan el-yurt taraqqiyotiga xizmat qilayotgan barcha ayollarni qadrlash, ularga hurmat va eʼtibor koʻrsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi.
✨Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi barcha qishloq ayollarini, shuningdek, yurtimizdagi mehnatkash va fidoyi xotin-qizlarni 15 oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni bilan muborakbod etadi!
🟠Barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, ishlaringizga ulkan zafarlar va ezgu maqsadlaringiz roʻyobini tilaymiz!
💐Bor boʻling, aziz ayollar!
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali