🏆XUSHXABAR! Agroinnovatsiya va yoshlar koʻrik-tanlovida institutning “TUPROQSHUNOSLAR” jamoasi 22 ta tashkilot jamoalari orasida faxrli oʻrinni qoʻlga kiritdilar!
🎉Bugun Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yosh tadqiqotchilari hamda doktorantlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Agroinnovatsiya va yoshlar” koʻrik-tanlovining final bosqichida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining “Tuproqshunoslar” jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi!
❗️Mazkur nufuzli tanlovda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 22 ta tashkilot jamoalari ishtirok etgan boʻlib, bunday raqobat muhitida gʻoliblar safidan joy olish, albatta, oson emas. Buning uchun chuqur bilim, yuksak ilmiy salohiyat, innovatsion fikrlash, izlanuvchanlik va mustahkam iroda talab etiladi.
🟢Institutimizning shijoatli yosh olimlari esa bu vazifani muvaffaqiyatli uddaladilar! Ular tanlov shartlarini aʼlo darajada bajarib, final bosqichida 2-faxrli oʻrinni qoʻlga kiritib, institutimiz shaʼnini munosib himoya qildilar!
⚡️Quvonarlisi, yosh olimlarimiz Yevropa davlatlarida stajirovka oʻtash imkoniyatini beruvchi yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar! Bu ularning ilmiy tajribasini boyitish, xalqaro ilmiy muhit bilan tanishish, ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy tadqiqot usullarini oʻrganish yoʻlida muhim qadamdir.
🔵Mazkur koʻrik-tanlov mamlakatimizda “Yangi Oʻzbekiston — yangicha dunyoqarash” gʻoyasi asosida taʼlim va qishloq xoʻjaligida ilm-fan yutuqlari hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ularning salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan.
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi hamda Oʻzbekiston «Agrar soha ayollari» uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.
🔵Bu gʻalaba — yosh olimlarimizning tinimsiz mehnati, ilmiy izlanishlari, bilim va tajribasi hamda institutda yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtiborning yorqin samarasidir.
❕Aziz yosh olimlarimiz, erishgan yutugʻingiz muborak boʻlsin!
🔵Sizlarning muvaffaqiyatingiz butun institut jamoasi uchun katta faxr va quvonch manbaidir. Ilmiy izlanishlaringiz yanada samarali boʻlib, xalqaro miqyosda yangi marralarni zabt etishingizga tilakdoshmiz!
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali





