🌍 2026-yil 22-aprel kuni “Xalqaro yer kuni” hamda "Oʻzdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti 65-yilligi munosabati bilan “Qishloq xoʻjaligida yer resurslarini barqaror boshqarishda axborot tizimlarining oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi.
Xalqaro anjuman quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻz ishini olib boradi:
•Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi;
Maqolalar "Oʻzbekiston Zamini" ilmiy-amaliy va innovatsion jurnalining 2-sonida chop etiladi.
Konferensiya rasmiy tili: oʻzbek, rus, ingliz
Maqolalarni rasmiylashtirish talablari bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzzamin.uz/uz/demand/
Manba: Telegram kanali · "Oʻzdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti