Ilm va amaliyot uygʻunligi — muvaffaqiyat kaliti!
Yangiliklar

Ilm va amaliyot uygʻunligi — muvaffaqiyat kaliti!

1 daqiqa oʻqish 384 marta koʻrilgan

🔴Ilm va amaliyot uygʻunligi — muvaffaqiyat kaliti!

☄️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika muhandisligi fakulteti “Xizmat koʻrsatish texnikasi” kafedrasi dotsenti Jurayeva Gulchexra Shodiyevna hamda assistent Beketov Timur Kazakbayevich rahbarligida 2-kurs 61-24 guruh, Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish taʼlim yoʻnalishi talabalari amaliy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtash uchun tashrif buyurishdi.

🗣Institutning “Analitik sinov laboratoriyasi” boʻlimi mudirasi Xurshida Nuriddinova mazkur mashgʻulot doirasida talabalarga tuproqshunoslik va agrokimyo yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan laboratoriya sharoitlari, zamonaviy uskunalar va ilmiy-tadqiqot ishlarining amaliy jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi.

✅Tashrif davomida talabalar tuproq tahlili usullari, agrokimyoviy koʻrsatkichlarni aniqlash hamda qishloq xoʻjaligida resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻldilar.

✅Ushbu amaliy mashgʻulot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va kelgusida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Manba: Telegram kanali