2027-yil uchun ustuvor yoʻnalishlarga oid ixtisosliklar roʻyxati qayta tasdiqlandi
Yangiliklar

2027-yil uchun ustuvor yoʻnalishlarga oid ixtisosliklar roʻyxati qayta tasdiqlandi

1 daqiqa oʻqish 189 marta koʻrilgan

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-son Farmoniga muvofiq hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrugʻi asosida ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklar roʻyxati tasdiqlandi.

Yangilangan roʻyxatga ilmiy kadrlar tayyorlashning 7 ta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha jami 193 ta ixtisoslik kiritilgan boʻlib, mazkur ixtisosliklar 2027-yildan boshlab tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik institutlariga qabul jarayonlarida ustuvor yoʻnalishlar sifatida qoʻllaniladi.

Eslatib oʻtamiz, 2027-yildan boshlab ustuvor yoʻnalishlarga oid ixtisosliklar boʻyicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilingan doktorantlarga stipendiya 1,7 baravar oshirilgan miqdorda toʻlanadi.

Bizni kuzating

Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi