🟦🟦🟦
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tashkil etilishi agrar soha ilm-fanida qanday oʻzgarish yasaydi?
– Qishloq xoʻjaligi, bu – nafaqat yer va suv bilan bogʻliq soha, balki ilm, bilim va innovatsiya bilan boyitilishi lozim boʻlgan taraqqiyot maydonidir, – deya fikrini boshladi qishloq xoʻjaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov. – Shu nuqtayi nazardan, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tashkil etilishi mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega tashabbusdir. Akademiya Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining huquqiy vorisi sifatida faoliyat yuritadi va sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqadi.
Akademiya aʼzolariga beriluvchi ilmiy unvonlar tizimi ham eʼtiborga molik. Yosh akademiklardan tortib, professorlar, muxbir aʼzolar va haqiqiy akademiklar sirasida ilmiy maktablar faoliyati rivojlanadi. Bu tizim “ustoz–shogird” tamoyili asosida iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqotlar jarayoniga jalb qilish imkonini beradi. Shu orqali ilmiy yondashuv nafaqat soʻzda, balki amaliyotda ham shakllanadi. Unga xorijiy va faxriy aʼzolarni jalb qilish esa global hamkorlik sari qoʻyilgan yana bir qadamdir.
Shuningdek, “Qishloq xoʻjaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash” jamgʻarmasi taʼsis etilib, u orqali ilmiy tadqiqotlar uchun moddiy va moliyaviy kafolat mustahkamlanadi.
Qishloq xoʻjaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga bergan intervyusidan
Intervyuni toʻliq oʻqish uchun havolani bosing.
⬇️
🔗 https://uza.uz/uz/posts/qishloq-xozhaligida-amaliyot-va-ilm-uygun-bolsa-har-bir-don-va-goya-barakaga-aylanadi_876391
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Manba: Telegram kanali · Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi
