Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
🗣23–24 mart kunlari “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Italiya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligida yirik xalqaro forum boʻlib oʻtadi.
ℹ️Unda qishloq xoʻjaligi tizimida faoliyat yurituvchi ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida rasmiy uchrashuvlar tashkil etilib, oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsion loyihalarni shakllantirish va biznes aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
➕Bundan tashqari, forum doirasida ilm-fan va innovatsiyalarning agrar tarmoq rivojidagi oʻrniga bagʻishlangan qator muhim sessiyalar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.
✅Gʻoyalar va imkoniyatlar uchrashadigan mazkur yirik tadbirda siz ham ishtirok eting!
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI