Assalomu aleykum hurmatli hamkasblar!
Yangiliklar

Assalomu aleykum hurmatli hamkasblar!

1 daqiqa oʻqish 306 marta koʻrilgan

Assalomu aleykum hurmatli hamkasblar!

Sizlarni muborak va eng ulug‘ ayyom — Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Ramazon oyi insonlarni ezgulikka, sabr-toqatga, bagʻrikenglik va saxovatga chorlaydigan, qalblarni poklab, jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlaydigan muborak oydir.

Fursatdan foydalanib, institutimiz ravnaqi yoʻlida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha xodimlarga samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman. Sizlarning masʼuliyatli mehnatingiz va fidoyiligingiz mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi tizimining turoqshunoslik sohasini barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Qadirli jamoa aʼzolari!

Siz va yaqinlaringizga sogʻliq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman. Ramazon hayiti barchangizga quvonch va baraka olib kelsin.

Ramazon hayiti muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,

Institut direktori, Shuhrat BOBOMURODOV

#DIREKTOR_TABRIGI

Manba: Telegram kanali