Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
➡️Bugun Oʻzbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi tashabbusi bilan ilmiy-tadqiqot institutlari huzuridagi davriy nashrlar hamda matbuot xizmatlarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar ishtirokida Kasaba uyushmalari federatsiyasining Malaka oshirish institutida maʼrifiy davra suhbati tashkil etildi.
➡️Tadbir avvalida ishtirokchilarga kasaba uyushmalari harakati tarixi, uning shakllanish va taraqqiyot bosqichlari haqida atroflicha maʼlumot berildi. Xususan, Eshmirza Oʻralovich tomonidan mehmonlar Kasaba uyushmalari muzeyi bilan tanishtirilib, muzeyda saqlanayotgan noyob eksponatlar, tarixiy hujjatlar va soha rivojini aks ettiruvchi materiallar haqida qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi.
🟢Shundan soʻng davra suhbati tashkil qilinib, unda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi oʻrni, matbuot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish, sohaviy nashrlar mazmun-mundarijasini boyitish hamda axborot siyosatidagi dolzarb vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
✅Tadbir davomida agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan yutuqlari va sohadagi yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazishda faol ishtirok etib kelayotgan jurnalistlar, tahririyat xodimlari va matbuot kotiblarining mehnati alohida eʼtirof etildi.
✅Tadbir yakunida agrar soha faoliyatini xalqimizga keng targʻib qilish, soha yutuqlarini ommalashtirish va axborot makonida faollik koʻrsatib kelayotgan qalam ahliga Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasining tashakkurnomalari hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
🔗Uchrashuv samimiy muloqot, tajriba almashish va kasbiy hamkorlikni yanada mustahkamlash ruhida oʻtdi.
Manba: Telegram kanali