Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada kuchaytiriladi
Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada kuchaytiriladi

1 daqiqa oʻqish 166 marta koʻrilgan

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 22-iyunda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1155 Qonuni imzolandi.

📑 Mazkur Qonun bilan 3 ta kodeks va 5 ta qonunga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra:

🔹 Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi;
🔹 Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasi belgilandi va unga 18 turdagi jinoyat kiritildi;
🔹 Davlat organlarida komplayens va ichki korrupsiyaga qarshi nazorat tizimlarining huquqiy asoslari yaratildi;
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashishda maishiy darajadan tortib yuqori lavozimli shaxslargacha qamrab oluvchi amaliy mexanizmlar joriy etildi;
🔹 Komplayens tuzilmalar xodimlarining huquqiy va xavfsizlik kafolatlari mustahkamlandi;
🔹 Barcha davlat organlarida komplayens nazorati tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
🔹 Ushbu tizim faoliyati Prezident Administratsiyasining Komplayens xizmati tomonidan muvofiqlashtiriladi;
🔹 Ayrim korrupsion jinoyatlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki yengilroq jazo bilan almashtirish cheklanadi;
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi yuklatildi;
🔹 Milliy va hududiy kengashlar hamda Agentlik vakolatlari kengaytirildi.

⚖️ Yangi tartibga koʻra, korrupsiyaga qarshi kurashish endilikda yagona tizim asosida markazlashgan va samarali mexanizm sifatida amalga oshiriladi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI