🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Agroportal endi mobil qurilmalarda!
🟢Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi — Agroportal endi mobil qurilmalarda ham mavjud!
Mobil ilova orqali siz:
➖Qishloq xoʻjaligi sohasidagi elektron davlat xizmatlaridan tez va xavfsiz foydalanishingiz mumkin;
➖Ariza va hujjatlarni yuborish, javoblarni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlasiz;
➖Elektron hujjatlarni shakllantirish, saqlash va ularning haqiqiyligini tekshirish;
➖Agrosanoat majmuiga taalluqli xizmatlar holatini jonli kuzatib borish imkoniyati mavjud.
ℹ️Agroportal mobil ilovasi — bu qishloq xoʻjaligi sohasida ish yurituvchi har bir inson uchun qulay, tezkor va ishonchli manba. Endi barcha funksiyalarni smartfoningiz yoki planshetingizdan ishlatishingiz mumkin.
⬇️Ilovani yuklab olish: Google Play orqali oson yuklab olishingiz mumkin.
✅AgroPortal bilan qishloq xoʻjaligida ish yuritish endi yanada sodda va samarali!
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI