Xashar – elga yarashar
📆Xalqimiz azaldan mehnatsevarligi va birdamligi bilan ajralib turadi. Ana shu fazilatlarning yorqin namunasi – xashar anʼanasidir.
✅Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida xashar ishi uyushtirildi.
Xashar – bu faqatgina umumiy mehnat emas, balki jamoaning birlashtiradigan, mehr-oqibat va hamjihatligini yanada mustahkamlaydigan milliy qadriyatdir.
🌟Xodimlar institutga tegishli yashil hududlarni chiqindilardan tozalash,, bog‘-rogʻlarni parvarish qilish ishlarini amalga oshirishdi.
✅Xashar orqali nafaqat jismoniy mehnat qilindi, balki oʻzaro ahillik muhiti yanada mustahkamlandi. Yoshlar esa kattalardan mehnatsevarlik, hamjihatlik va el-urtga xizmat qilish kabi fazilatlarni oʻrgandilar.
🌟Xulosa qilib aytganda, “Xashar – elga yarashar” degan naql bejiz aytilmagan. Birgalikda qilingan mehnat el-urtni yanada obod va farovon qiladi.
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali



