Tizimning texnik imkoniyatlari:
– har soniyada platforma 6 300 ta murojaatni qabul qilib, qayta ishlamoqda;
– soʻrovlarga javob berish vaqti 300 millisoniya;
– ayni paytda tizimga bir vaqtning oʻzida 100 mingdan ortiq foydalanuvchi ulangan;
– tizimda xatolik darajasi — 0%. Barcha murojaatlar qabul qilinib, qayta ishlanmoqda, hech kim kutib qolmaydi yoki rad etilmaydi;
– serverlar har soniyada 6 gigabit maʼlumot qabul qilmoqda — bu bir vaqtning oʻzida 1200 ta xonadonga uzluksiz HD sifatda video uzatish uchun yetarli tezlikdir.
Hurmatli yurtdoshlar! Yuqoridagi texnik imkoniyatlardan koʻrinib turibdiki, census.stat.uz portali orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish qulay va tizim barqaror ishlamoqda.
Sizlardan maʼlumotlarni toʻgʻri va toʻliq taqdim etishingizni soʻraymiz.
Manba: Telegram kanali · Рўйхатга олиш – 2026